Isteʼmolchilarga sifatsiz muzqaymoq sotgan kompaniya 64 mln soʻm mablagʻni qaytaradi

“X Xasanboy va xolod” MCHJ isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotilganligi sababli 64 million soʻm pullarni qaytaradigan boʻldi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Qoʻmita tomonidan oʻtgan yilning 15-avgustida oʻtkazilgan nazorat xaridi tadbirida “X Xasanboy va xolod” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Xottabich” nomli muzqaymoq sanitariya-epidemiologik talablarga mos emasligi aniqlangandi.
Ushbu muzqaymoq kompaniyaning oʻzi tomonidan tekshirilganida ham sifatsiz ekanligi maʼlum boʻlgan. Shu sababli, 2024-yil oktabr oyida qoʻmita tomonidan kompaniyaga qonunbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatma berilgan.
Kompaniya esa ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish uchun sudga murojaat qilgan. Biroq shu yilning fevral oyida Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudi daʼvo arizasini rad etdi va Raqobat qoʻmitasining qarorini oʻz kuchida qoldirdi.
Endilikda kompaniya isteʼmolchilarga sifatsiz mahsulot sotilgani uchun 64 million soʻm pul mablagʻini qaytarishi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring