Istanbuldagi zilzila: 151 nafar fuqaro qoʻrquv sabab balandlikdan sakragan

Avvalroq Turkiyaning Istanbul viloyati Silivri tumanida 6,2 balli yer qimirlashi qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) maʼlumotlariga koʻra, bugun, 23-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da sodir boʻlgan silkinishning epitsentr Marmara dengizi hududida, shahar markazidan taxminan 40 km janubi-gʻarbda joylashgan.
Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi rasmiy maʼlumotlarga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida jiddiy vayronagarchilik yoki halok boʻlganlar qayd etilmagan. Faqat bir fuqaro binodan chiqib ketish paytida jarohat olgan.
Qayd etilishicha, asosiy silkinishdan soʻng bir necha aftershoklar kuzatilgan, ulardan eng kuchlisi 5,3 magnitudada boʻlgan. Hokimiyatlar aholini zarar koʻrgan binolarga kirmaslikka va xavfsizlik choralariga amal qilishga chaqirmoqda.
Istanbul gubernatorligi maʼlumotiga koʻra, zilzila tufayli hech kim halok boʻlmagan. Ammo 151 nafar fuqaro qoʻrquv sabab balandlikdan sakragan holda tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan
“Ularda hech qanday hayotiy xavf yoʻq”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Fatih tumanida tashlandiq bino qulab tushgani xabar qilinmoqda. Taʼkidlanishicha, mazkur hodisa oqibatida hech kim jabr koʻrmagan.
Xabarda qoʻshimcha qilinishicha, Bosh konsulxona Turkiya favqulodda xizmatlari bilan doimiy aloqada boʻlib, vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida jabrlanganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.
“Qoʻshimcha maʼlumot kelib tushgan taqdirda, Bosh konsulxona belgilangan tartibda darhol maʼlum qiladi”, deb yozadi konsullik matbuot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring