Istanbulda ketma-ket zilzilalar yuz berdi
Illyustrativ foto
Istanbul hududida bir qator zilzilalar sodir boʻldi. Ulardan ikkinchisini magnitudasi 6,2 ballni tashkil etdi. Bu mahalliy vaqt bilan 12:49 da qayd etilgan. Bu haqda Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Yer silkinishlarining birinchisi, 3,9 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da sodir boʻlgan. Ikkalasi ham Marmara dengizida, Istanbul markazidan gʻarbda, taxminan 50 km uzoqlikda joylashgan Silivri shahri yaqinida yuz bergan.
Istanbul chekkasidagi Buyukchekmeje hududida soat 12:51 va 13:02 da 4,4 va 4,9 magnitudali yana ikkita zilzila qayd etilgan.
“Turkiyaning tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va tegishli muassasalarning barcha guruhlari qoʻshni viloyatlarda ham sezilgan Istanbuldagi zilzila bilan bogʻliq holatni tekshirishni boshladi”, deb yozgan Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya “X” ijtimoiy tarmogʻida.
Yer silkinishlari taxminan 7 km chuqurlikda sodir boʻlgan, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Xabar toʻldirilmoqda
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring