“Istanbul Bashakshehir” klubi safarda magʻlub boʻldi
Kecha, 7-noyabr kuni Turkiya Superligasining 12-turi oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi Anqarada “Genchlerbirligi” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 2:1 hisobiga mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gʻoliblar safida gollarga Kelven va Niang mualliflik qildi. “Istanbulliklar”ning yagona javob goli esa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hisobiga yozildi.
Ushbu magʻlubiyatdan soʻng, “Istanbul Bashakshehir” turnir jadvalida 10-oʻrinni saqlab qoldi. Biroq, tur yakunida Nuri Shahin boshchiligidagi jamoa bir necha pogʻonaga pastlashi mumkin.
Ammo, Eldor Shomurodov ushbu oʻyinda gol kiritish orqali Turkiya Superligadagi gollari sonini 8 taga yetkazib oldi va musobaqa toʻpurarlari jadvalida yaqqol yetakchiga aylandi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” jamoasi keyingi oʻyinini 24-noyabr kuni “Trabzonspor” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring