“Istanbul Bashakshehir” yirik gʻalabaga erishdi
Bugun, 24-yanvar kuni Turkiya Superligasining 19-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi safarda “Kayserispor” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Devi Zelke va Nuno da Koshta mualliflik qildi. Yana bir gol avtogol sifatida Ramazon Chivelek hisobiga yozildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.
Abbosbek Fayzullayev 81-daqiqada Bertugʻ Yildirimga almashtirildi. Eldor Shomurodov esa toʻliq oʻyin oʻtkazdi va uchinchi golga assistentlik qildi.
Ushbu gʻalabadan soʻng, “Bashakshehir” klubi turnir jadvalidagi oʻrnini mustahkamlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring