“Istanbul Bashakshehir” Yevropa Konferensiyalar ligasidan chiqib ketdi
Kecha, 28-avgust kuni Yevropa Konferensiyalar ligasi musobaqasi saralashining soʻnggi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.
21-avgust kuni oʻz maydonida “Universitatya Krayova” jamoasiga magʻlub boʻlgan Istanbulning “Bashakshehir” jamoasi kecha Ruminiyada mehmon boʻldi. Lekin “Ion Oblemenko” stadionida kechgan oʻyin ham “istanbulliklar”ning magʻlubiyati bilan tugadi.
Gollarga maydon egalaridan Stefan Bayaram, Aleksandru Chikaldau va Stefan Nsimbalar mualliflik qildi. Turklarning yagona javob goli esa Davi Zelke hisobiga yozildi.
Oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov jamoadagi eng yomon oʻyinlaridan birini koʻrsatdi. “Sofascore” portali unga kechagi oʻyindagi eng past bahoni (6,1) qoʻydi.
Abbosbek Fayzullayev esa 63-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshildi. Aynan zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan futbolchilar orasidagi eng yuqori ball Fayzullayevga berildi (6,7).
Shu tariqa “Istanbul Bashakshehir” jamoasi bu yilgi mavsum xalqaro maydondagi musobaqalarda ishtirok etmaydigan boʻldi. Endi klub bor eʼtiborini Turkiya Superligasiga qaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring