Isroilning Gʻazodagi turar-joy binolariga hujum qilishi oqibatida 35 kishi halok boʻldi

15:36 10 Aprel 2025 Dunyo
253 0

Isroil Gʻazo shahrining “Shujaya” mahallasidagi turar-joy binolariga bir necha bor hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-aprel kuni Isroil harbiylari Gʻazo hududidagi turar-joy binolariga qilgan hujumi oqibatida 35 kishi halok boʻlgan, 55 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yana 80 nafarga yaqin falastinlik vayronalar ostida bedarak yoʻqolgan.

Hujumga guvoh boʻlgan mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil harbiylari tinch aholini genotsid qilishda davom etmoqda.

“Mazkur hujumlarni boshqacha taʼriflab boʻlmaydi. Ular insonlarni qirib tashlashni maqsad qilgan. Shifoxonalar oʻnlab ogʻir bemorlar bilan toʻlgan. Omon qolganlarni saqlab qolish uchun muntazam ravishda qon quyilishi zarur boʻlmoqda”, — deydi mahalliy aholi vakillari.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qarshi urushida bugungi kunga qadar 50 ming 846 nafar falastinlik halok boʻlgan. 115 ming 729 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan. Mahalliy hukumat rasmiylari vayronalar ostida bedarak yoʻqolgan minglab insonlarni vafot etganini taxmin qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер