Isroilning Gʻarbiy sohilga hujumi va Durovning ozod qilinishi (+video)
Rossiya—Ukraina urushining 916 kungi tafsilotlari
Rossiya tomonidan Sharqiy Kupyansk shahriga boshqariladigan bomba hujumidan soʻng kamida 14 kishi jarohat olgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida gapirar ekan, halok boʻlganlar borligini aytdi. Hujum shahar hokimligi binosiga ham zarar yetkazgan.
Ukraina Bosh shtabi chorshanba kungi yangilanishida Pokrovskga yaqin bir qator qishloqlarda shiddatli janglar boʻlganini maʼlum qildi.
“Hozirgacha dushman Ukraina pozitsiyalariga hujum qilishga 38-marta urinib koʻrdi. Jang hali ham 14 ta joyda davom etmoqda”, — dedi Bosh shtab. Vladimir Putin Ukraina qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olingan Kursk viloyatidagi hududni qaytarib olish uchun qarshi hujumga oʻtishini, ammo qiyin kurashga duch kelishini aytgan.
NATO aʼzolari NATO—Ukraina Kengashi yigʻilishida Ukraina mudofaasini yanada kuchaytirish majburiyatini yana bir bor tasdiqladilar. “Biz Ukrainani Rossiyaning bosqinidan himoya qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar va oʻq-dorilar bilan taʼminlashda davom etishimiz kerak. Bu Ukrainaning kurashda qolishi uchun juda muhimdir”, — dedi Bosh kotib Yens Stoltenberg.
Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligi 92 nafar AQSH fuqarolarini, jumladan, jurnalistlar, advokatlar va mamlakatning asosiy harbiy – sanoat firmalari boʻlgan rahbarlarga taqiqlov joriy etdi.
Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari Andrey Yermak va Ukraina mudofaa vaziri Rustam Umerov shu hafta AQSH Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati vakillari bilan uchrashib, Oq uyni uzoq masofaga moʻljallangan Amerika qurollari bilan Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan cheklovni olib tashlashni soʻramoqchi.
Ukrainalik mulozimlar Vashingtonga “Kiyevga qarshi harbiy amaliyot yoʻnalishini oʻzgartirishni qiyinlashtiradigan” “ustuvor maqsadlar” roʻyxatini ham taqdim etmoqchi.
Taʼkidlanishicha, Umerov juma kuni mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashadi. Yermak kim bilan muloqot oʻtkazishi haqida maʼlumot berilmagan, biroq u avvalroq Vashingtonda Davlat kotibi Entoni Blinken va Prezidentning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan muzokaraga ishora qilgandi.
Seshanba kuni Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder jurnalistlarga Zelenskiy Gʻarbni Rossiya hududiga raketa zarbasi berilishi boʻyicha taqiqni bekor qilishga chaqirayotganiga qaramay, hali joriy cheklov bekor qilinishi rejalashtirilmaganini aytdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrell Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini ajratish va Gʻarb qurollaridan foydalanish boʻyicha barcha cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.
Pavel Durov ozod qilindi
Parij sudi “Telegram” asoschisi Pavel Durovni ozod qildi. Shahar prokuraturasi maʼlum qilishicha, mahbus besh million yevro garov toʻlash majburiyati bilan qoʻyib yuborilgan. U haftada ikki marta politsiya boʻlimiga kelishi shart, Fransiyani tark etolmaydi.
Parij prokuraturasi matbuot xabarnomasida keltirilishicha, Durovga uyushgan jinoyatchilik bilan bogʻliq turli ayblov qoʻyilgan.
“France 24” telekanalida tergov mamlakat rasmiylari “Telegram” sud soʻroviga amalda javob bermayotganini payqaganidan keyin boshlangani, bunga Yevropaning boshqa davlatlari, masalan Belgiya vakillari ham ishora qilgani aytildi.
Poytaxt prokuraturasi koʻrsatmasi bilan 2024-yil fevralda dastlabki surishtiruv boshlangan, sud esa 8-iyulda tergovga kirishgan.
Yevropa komissiyasi “Telegram” faoliyatini bevosita nazorat qilmaydi, chunki Yevropa Ittifoqida atigi 41 million foydalanuvchiga ega bu tarmoq “yirik onlayn platforma”lar toifasiga kirmaydi, dedi YI vakili Tomas Regniyer Bryusselda uyushtirilgan brifingda.
Komissiya ushbu masʼuliyat aʼzo davlatlar zimmasida, deb hisoblaydi. U raqamli xizmat toʻgʻrisidagi qonun nuqtayi nazaridan soʻz erkinligiga qilingan hujum haqidagi ayblovni rad etib, qonun “hech qanday holatda soʻz erkinligini buzmasligi, faqat onlayn platformadan noqonuniy kontent olib tashlanishi nazarda tutilishi”ni taʼkidladi.
Avvalroq YIda onlayn platformalar ustidan nazoratni kuchaytiruvchi Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonun ishlab chiqilishi tashabbusini ilgari surgan Yevrokomissiya “RIA Novosti”ga Durov Fransiya qonunchiligiga muvofiq hibsga olinganini bildirgan.
Isroil Gʻarbiy sohilga hujum uyushtirdi
Isroil Gʻarbiy Sohilda Jenin, Tulkarm va Tubas yaqinidagi Farʼa qochqinlar lageriga qaratilgan yirik hujumni boshladi. Isroil armiyasining ushbu hujumi natijasida oʻnlab qochqinlar halok boʻldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Tel-Aviv hujum qurolli guruhlarnigina nishonga olganini aytib, oʻzidan aybni soqit qilmoqchi boʻlgan. Falastin maʼmuriyati esa hujumni qoralab, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Saudiya Arabistoniga tashrifini tez yakunlashga majbur boʻlgan prezident Mahmud Abbos davom etayotgan zoʻravonliklardan xavotirlarini bildirdi. Qayd etilishicha, birgina Gʻarbiy Sohilda 660 dan ortiq falastinlik aynan Isroil armiyasining operatsiyalarida halok boʻlgan.
Yahudiy davlati rasmiylari, jumladan, Tashqi ishlar vaziri Kats Gʻazodagi guruhlarni Eron bilan bogʻliqlikda gumonini bildirgan.
Xalqaro tahlil markazlariga koʻra, Gʻarbiy Sohilda kuchayib borayotgan qarshilik tashqi yordamdan koʻra koʻproq mahalliy omillarga bogʻliq. Isroil hukumati, xususan, hukumatning oʻng qanot guruhlari Gʻarbiy Sohil ustidan nazoratni kuchaytirishga intilayotgani ham aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring