Isroilning davom etayotgan “jinoiy tajovuz”i tufayli Gʻazoda ocharchilik kundan-kunga kuchayib bormoqda — Falastinning BMTdagi kuzatuvchisi

Foto: AP
Hozirda Gʻazoda ocharchilik hukm surmoqda, u Isroilning davom etayotgan “jinoiy tajovuz”i tufayli kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ushbu fikrlarni Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur Xavfsizlik kengashining qurolli mojarolarda tinch aholini himoya qilishga bagʻishlangan yigʻilishida aytib oʻtdi.
“Biz bir zum toʻxtab, bu aslida nimani anglatishini oʻylab koʻrishimiz kerak”, dedi u.
Riyod Mansur Isroilni Gʻazoda yashovchi 2,3 million falastinlikni jamoaviy jazolash uchun ataylab yaratilgan “bu insoniy va gumanitar falokatning meʼmori” deb aybladi.
U xalqaro hamjamiyatning harakatsizligidan xavotir bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu halokatli ocharchilik va genotsidning sodir boʻlishiga va uzoq vaqt davom etishiga yoʻl qoʻyilgani nafaqat hamma uchun, balki Xavfsizlik Kengashi uchun ham uyatdir.
Gʻazo sektoridagi vaziyat 2023-yilning 7-oktyabr kuni keskinlashdi. Bunga Falastinning HAMAS harakatining harbiy qanoti tomonidan eʼlon qilingan “Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi doirasida Isroil hududiga yuzlab raketalar uchirilgani sabab boʻldi. Shundan soʻng tashkilot jangchilari Isroil janubidagi chegara hududlariga kirib, u yerda ham harbiy, ham tinch aholiga qarata oʻt ochgan, shuningdek, 200 dan ortiq odamni garovga olgan.
Isroil rasmiylarining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, ushbu hujum oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.
Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida isroillik harbiylar Gʻazo bilan chegara yaqinidagi barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havo hujumlarini boshladi. Oʻtgan yilning oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi.
Maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning hujumlari oqibatida Gʻazoda 29 ming kishidan ortiq odam halok boʻlgan, 70 mingdan koʻp odam jarohatlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring