Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasidagi kelishuv yaqinligi aytilmoqda
Arxiv foto
Isroil va Livanning “Hizbulloh” guruhi oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuv yaqinligini yozdi “CNN” mintaqaviy manbalarga tayanib.
Aytilishicha, kelishuvlar har qachongidan ham yaqinroq boʻlsa-da u hali toʻliq shakllanmagan. Biroq ayni kunlarda Livandagi urush harorati pasaygani yoʻq. Sentyabr oʻrtalaridan buyon Isroil hujumlari oqibatida 3 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning matbuot kotibi “CNN” telekanaliga bergan intervyusida “Biz bu yoʻnalishda harakat qilmoqdamiz, ammo hal qilinishi kerak boʻlgan baʼzi muammolar bor”, — degan.
Soʻnggi kunlarda “Hizbulloh” AQSH — Isroil taklifini koʻrib chiqmoqda 60 kunlik urushda tanaffus qilish, bu uzoq muddatli oʻt ochishni toʻxtatish uchun asos boʻlishi mumkin.
AQSH elchisi Amos Xoxshtayn bu hafta mintaqa rasmiylari bilan kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib bormoqda. “CNN” tahlilchisining aytishicha, Xoxshtayn shanba kuni Vashingtonda Isroil elchisiga Isroil yaqin kunlarda oʻt ochishni toʻxtatish taklifiga ijobiy javob bermasa, vositachilik harakatlaridan voz kechishini aytgan. Shuningdek, yakshanba kuni Netanyahu ushbu masala doirasidagi takliflar boʻyicha xavfsizlik boʻyicha maslahatlashuv oʻtkazgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring