Isroil va HAMAS muzokaralarining birinchi kuni ijobiy nota bilan yakunlandi
Isroil va HAMAS oʻrtasida Misrda qayta tiklangan bilvosita muzokaralarning birinchi kuni dushanba kuni boʻlib oʻtdi. Manbalarga koʻra, uchrashuvda muayyan ilgarilashga erishilgan va muzokaralar seshanba kuni ham davom etadi.
Uchrashuv AQSH prezidenti Donald Trampning Gʻazodagi urushni toʻxtatishga qaratilgan 20 banddan iborat rejasi boʻyicha kelishuvga erishish umidlari fonida oʻtdi.
“Al Jazeera Arabic” maʼlumotlariga koʻra, Sharm al-Shayxda oʻtgan muzokaralar ijobiy ruhda kechgan va muzokaralarning keyingi bosqichi uchun yoʻl xaritasi ishlab chiqilgan.
HAMAS delegatsiyasi vositachilarga Isroilning Gʻazoga havo hujumlarini davom ettirishi asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvlarga toʻsiq boʻlayotganini bildirgan. Delegatsiya tarkibida oʻtgan oy Qatar poytaxti Dohadagi Isroil zarbasidan omon qolgan muzokarachilar — Xalil al-Hayya va Zahir Jabarin ham ishtirok etdi.
Misrning hukumatga yaqin “Al-Qahera News” xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida asosiy eʼtibor asirlarni almashish, oʻt ochishni toʻxtatish va Gʻazoga gumanitar yordam yetkazish masalalariga qaratilgan.
AQSH tomoni, ayniqsa, isroillik garovdagi shaxslarni ozod qilish masalasini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Hozirda ularning toʻliq roʻyxati koʻrib chiqilyapti.
Shu bilan birga, dushanba kuni muzokaralar davom etayotgan paytda Isroil Gʻazoga havo hujumlari uyushtirdi. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar oqibatida kamida 10 falastinlik halok boʻlgan, ular orasida gumanitar yordam soʻrab kelgan uch nafar shaxs ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring