Isroil UEFAdan chetlatilmaydigan boʻldi. Vaziyatga AQSh aralashgan

Isroil futbol federatsiyasi UEFAdan chetlatilmaydigan boʻldi. “Israel Hayom” nashrining yozishicha, Isroil muqarrar cheklovlardan AQShning bosimi sabab qutulib qolgan.
“Diplomatlar, futbol assotsiatsiyasi rasmiylari va sportdagi boshqa yuqori martabali shaxslarning kuchli bosimidan soʻng Isroil UEFAdan chiqarib yuborilmaydigan boʻldi”, deyiladi manba xabarida.
Demak, hozircha Isroil Yevropa musobaqalaridan chetlatilmaydi, bu esa “Makkabi Tel-Aviv” klubi rejaga muvofiq ravishda Gretsiyada PAOK (Saloniki)ga qarshi Yevropa Ligasidagi ilk bahsini oʻtkazishini anglatadi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, Isroil futboliga berilgan erkinlik vaqtinchalik, koʻplab davlatlarning unga nisbatan sanksiya qoʻllanish talabi hali ham kun tartibida. Isroil bu galgi bahsda gʻolib chiqqan boʻlsa-da, uning xalqaro futboldagi mavqei uchun kurash hali yakunlangani yoʻq.
Taʼkidlash joiz, kecha, 23-sentyabr kuni BMT Inson huquqlari Kengashining Maslahatchi qoʻmitasi Isroilni futboldan chetlatish va uning UEFA hamda FIFA musobaqalaridagi ishtirokini nomaʼlum muddatga cheklashga chaqirdi. Biroq bu organning futbolga hech qanday rasmiy aloqasi boʻlmagani uchun, uning aʼzolari BMT yoki qoʻmita nomidan soʻz yuritish vakolatiga ega emas.
Maʼlumki, Qatar rasmiylari sportdagi taʼsirli shaxslar orqali Isroil klublari va milliy termasiga Yevropa musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini cheklash hamda turli sanksiyalar qoʻllanish orqali xalqaro bosimni kuchaytirishga intilmoqda.
Hech kimga sir emas, Qatar Yevropa futbolida katta taʼsirga ega. Shu bois ushbu mamlakat bosimi taʼsirida Isroilning UEFAdan chiqarilishi masalasi soʻnggi oylarda Yevropa futbolida eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Ayniqsa, Isroil joriy yil 9-sentyabrda Dohaga havo zarbasi yoʻllagani vaziyatni yanada chigallashtirdi.
Endi nima boʻladi?
Isroil futboli uchun asosiy maqsad — mart oyidagi Millatlar ligasi qurʼasiga qoʻshilish va musobaqada ishtirok etish. Hozirgi vaziyatda buning imkoni juda kam, agar siyosiy sharoit oʻzgarmasa va Isroil urushga barham bermasa, chetlatish tahdidi istalgan vaqtda yana kun tartibiga qaytishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring