Isroil Turkiya bilan urushga tayyorlanishi kerak — Nagel
Isroil va Turkiya oʻrtasidagi notinch munosabatlar, Suriyadagi soʻnggi voqealar ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli toʻqnashuvga aylanishi mumkin, deyiladi Isroil hukumati tomonidan tuzilgan Nagel qoʻmitasi hisobotida. Bu haqida “The Jerusalem Post” nashri xabar berdi.
Xabarga koʻra, Erdoʻgʻonning Isroilga qarshi pozitsiyasi va Suriyada davom etayotgan mintaqaviy beqarorlik sharoitida misli koʻrilmagan qarama-qarshilikni vujudga keltiradi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan koʻp yillar davomida Turkiyaning Isroilga qarshi kayfiyatini boshqarib keladi. Istanbulda oʻn minglab odamlar Isroil va Hamas terror tashkiloti oʻrtasida qariyb bir yarim yil davom etgan qonli urushdan soʻng Gʻazodagi falastinliklar bilan birdamlik izhor qilib, Isroilga qarshi namoyishlarga chiqishgan.
“Jeykob Nagel raisligidagi Nagel qoʻmitasi mudofaa byudjetining 70 foizini hujum operatsiyalari uchun ajratishni va 2025-yilga kelib 2,48 milliard dollarga koʻpaytirishni taklif qildi. Yaqin Sharqda tub oʻzgarishlarni kuzatyapmiz. Qoʻmita hisoboti Isroil kelajagini taʼminlash uchun muhim yoʻl xaritasini taqdim etadi”, — deydi Netanyaxu.
Nagel qoʻmitasi urush holatida mamlakat mudofaasi uchun bir nechta chora tadbirlarni hisobotga kiritgan.
Unga koʻra, murakkab qurollar, havo mudofaasi tizimlari, chegara xavfsizligi hamda Iordaniya bilan diplomatik keskinliklarga qaramay, mamlakat vodiysi boʻylab mustahkamlangan xavfsizlik toʻsigʻini qurishni asosiy choralar sifatida bayon qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring