Isroil: Soʻnggi qotillik va bombardimonlar
Al Jazeera
Soʻnggi vaqtlarda Eronda HAMASning siyosiy rahbari, Livanda “Hizbulloh”ning yuqori martabali qoʻmondoni oʻldirildi. Undan tashqari Gʻazoda nishonga olingan hujumda “Al Jazeera” jurnalistlari halok boʻlgan. Yahudiy qurolli kuchlari endi HAMAS qoʻmondoni Muhammad Deyf oʻldirilganini maʼlum qildi.
Harbiylarning aytishicha, Deyf uch hafta oldin Gʻazoning janubiy Xon Yunis hududida uyushtirilgan hujumda halok boʻlgan. HAMAS bu xabarlarni tasdiqlay olmasligini, bu harakat harbiy rahbariyatga tegishli masala ekanini aytdi.
Isroil urushning 300-kunini nishonlar ekan, Gʻazoda halok boʻlganlar soni 40 ming kishiga yetdi.
BMT hisobotida aytilishicha, falastinlik mahbuslar isroilliklar tomonidan qiynoq va haqoratlarga uchragan. Isroil kuchlari 15 nafar falastinlik asirni ozod qilgan. Koʻpchilik hibsga olinganda zoʻravonlik va qiynoqlar haqida gapirib bergan.
“Hizbulloh” 48 soatlik tanaffusdan soʻng Isroil shimoliga qator raketalarini uchirdi. 60 ga yaqin snaryadlar Livandan Isroilning shimoliy chegarasi tomon uchirilgani maʼlum.
Isroilning “Temir gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimi Livan guruhi tomonidan otilgan koʻplab raketalarni tutib olgan.
Isroil harbiylari oʻtgan kun davomida Gʻazo shahridagi bir qancha turar-joyni yoʻq qilgan va odamlar oʻldirilgani aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring