Isroil soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi bolalar bilan toʻldirilgan kasalxonaga ikki marta zarba berdi — BMT
Foto: AP
Isroil armiyasi soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi bolalar bilan toʻldirilgan kasalxonaga ikki marta zarba bergan.
Isroil armiyasi Xon Yunisdagi bolalar bilan toʻldirilgan kasalxonaga 24 soat ichida ikki marta zarba bergan. Bu haqda BMT Bolalar jamgʻarmasi vakili Jeyms Elder Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda aytib oʻtdi.
“Gʻazo sektori bolalar uchun dunyodagi eng xavfli joy boʻlib qolmoqda va vaziyat kundan-kunga yomonlashmoqda. Soʻnggi 24 soat ichida Isroil armiyasi Gʻazo sektori janubidagi Xon Yunisdagi eng yirik kasalxonaga zarba berdi. Ikki marta. Bu kasalxona yolgʻiz bolalar va bolali ayollar bilan toʻla edi”, dedi Jeyms Elder.
Manbada Isroilning ushbu kasalxonaga bergan zarbalari oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar haqida maʼlumot keltirilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring