Isroil qoʻshinlari Hasan Nasrullohning ehtimoliy vorisi joylashgan qarorgohga 73 tonna bomba tashladi
Foto: AP
Isroil harbiy samolyotlari “Hizbulloh”ning yoʻq qilingan yetakchisi Hasan Nasrullohning ehtimoliy vorisi joylashgani taxmin qilingan Bayrut chekkasidagi obyektni bombardimon qildi. Bu haqda Isroilning “Ynet” manbasi xabar tarqatdi.
“Payshanbadan jumaga oʻtar kechasi mamlakat havo kuchlari samolyotlari “Hizbulloh”ning asosiy razvedka qarorgohi boʻlgan Dahiya hududidagi bunkerga umumiy ogʻirligi 73 tonna bomba tashladi. Hasan Nasrullohning vorisi Hoshim Safiy ad-Din oʻsha paytda harakatning boshqa yuqori martabali aʼzolari bilan birga majmuada boʻlgan”, — deyiladi manbada.
Isroil armiyasi Livanda “Shimol oʻqlari” operatsiyasini oʻtkazmoqda. Harbiy havo kuchlari mamlakatning turli hududlaridagi “Hizbulloh” manzillari ekani aytilgan obyektlarga zarbalar bermoqda. 27-sentyabr kuni Bayrutdagi bir necha nishonga qilingan havo hujumlari oqibatida harakatning yuqori martabali qoʻmondonlari va uning bosh kotibi Hasan Nasrulloh yoʻq qilindi. 1-oktyabr kuni Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlandi.
Mahalliy OAVning Livan sogʻliqni saqlash vaziri Firas Abdyadga tayanib xabar berishicha, 3-oktyabr holatiga koʻra, zarbalar qurbonlarining umumiy soni 1974 kishini tashkil qilgan.
Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning bir necha ming nishoniga zarbalar berganini maʼlum qildi. Kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Isroil armiyasi 2006-yildagi Ikkinchi Livan urushidan beri bunday shiddat bilan hujum qilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring