Isroil kuchlari bir kechada Gʻazodagi muhim fuqarolik muassasalarini bombardimon qildi, oʻnlab qurbonlar bor
Isroil kuchlari Gʻazodagi “Xon Yunus” shahrini vayron qilishi oqibatida 50 nafar falastinlik halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Unda aytilishicha, Isroil kuchlari kecha, 19-may kuni tunda Gʻazoning ikkinchi eng yirik shahri “Xon Yunus”ga misli koʻrilmagan hujumlar uyushtirib, shaharni bombardimon qilgan. Mazkur hujumlar oqibatida 50 nafar falastinlik halok boʻlgan. Oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Isroil harbiylari shahardagi eng muhim fuqarolik muassasalariga hujum uyushtirishda davom etmoqda. Xususan, kecha tunda “Xon Yunus”ga qilingan hujum ham shahardagi yoqilgʻi quyish shahobchalari hamda maktabga aylantirilgan boshpanalarni vayron qilgan.
Gʻazodagi shifokorlarning taʼkidlashicha, Isroil hukumatining Gʻazo hududiga uyushtirgan soʻnggi bir kundagi hujumlari oqibatida kamida 126 nafar falastinlik halok boʻlgan. Koʻplab insonlar jarohat sabab shifoxonalarga yotqizilgan.
Bir qancha mamlakatlar, jumladan, Kanada, Fransiya va Buyuk Britaniya hukumati Isroilning Gʻazoga uyushtirayotgan hujumlarini toʻxtatmasa, unga qarshi turli sanksiyalar qoʻllash bilan tahdid qilmoqda. Shuningdek, 22 ta davlat rahbarlari Isroil hukumati Gʻazoga qoʻllayotgan blokadaning bekor qilishi hamda hududga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlari toʻsiqlarsiz kirib borishini taʼminlashga chaqirmoqda.
Bundan tashqari, dunyo boʻylab 760 dan ortiq tashkilotlar Isroil hukumatining Gʻazoga nisbatan qoʻllayotgan qamalini toʻxtatish va Rafah chegara punkti orqali mamlakatga kirishi kerak boʻlgan diplomatik karvonlarning manzilga yetib borishiga erishish boʻyicha petitsiyani imzolagan.
Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 53 ming 475 nafar falastinlik halok boʻlgan. 121 ming 398 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring