Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

11:52 08 Oktyabr 2024 Dunyo
239 0

Foto: Reuters

Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh” harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, “Hizbulloh” shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.

Avvalroq, Isroil Bayrutdagi “Hizbulloh” razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba bergan edi. Shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubi va Bekaa mintaqasidagi “Hizbulloh” manzillariga, jumladan, qurol saqlash joylari, infratuzilma obyektlari va uchirish inshootiga hujum qilgandi.

Bundan oldin Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi Dayr al-Bala shahridagi maktab va masjidga havodan zarba bergandi. Maʼlumotlariga koʻra, bu binolarda Falastinning “HAMAS” harakatining qoʻmondonlik markazlari joylashgan.

Bungacha Isroil hujumlari orqali Hasan Nasrullohning merosxoʻri sifatida koʻrilgan Hoshim Safiy ad-Din ham yoʻq qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozir bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topgani yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер