Isroil harbiy samolyotlari BMT va AQSH xavfsiz hudud deb eʼlon qilgan Rafahdagi qochqinlar lageriga zarba berdi

15:16 27 May 2024 Dunyo
4292 0

Isroil raketalari Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahrida joylashgan falastinliklar lageriga zarba berishi oqibatida 35 kishi halok boʻlib, oʻnlab odamlar halok boʻlganini yozmoqda “Al-Jazeera” nashri. Falastin Qizil yarim oy jamiyatining maʼlumotiga koʻra, aslida xavfsiz deb ataladigan ushbu hududdagi aholi tiriklayin yoqib yuborilgan. Mahalliy nashrlar dushanbaga oʻtar kechasi lagerga kamida sakkizta raketa zarbasi yoʻllanganini yozgan.

— Havo zarbalari chodirlarni yoqib yubordi, turarjoylar odamlar bilan birga yonmoqda, — degan Rafahdagi Quvayt kasalxonasiga kelgan fuqarolardan biri Reuters axborot agentligiga.

Isroil harbiylari havo zarbasi HAMASning Rafahdagi qarorgohiga yoʻllangani va hujum aniq razvedka maʼlumotlari asosida amalga oshirilganini aytgan.

— Kuygan jasad tasvirlari Gʻazo xalqini himoya qila olmagan insoniyat va jahon hamjamiyatining yuzidagi chandiqdir, — degan Gumanitar yordam harakati guruhi. Shuningdek, Irlandiya tashqi ishlar vaziri Rafahdagi Isroil qirgʻinbarotini qoralar ekan “varvarlik” deb atadi.

— Gʻazo juda kichik anklav, aholi zich joylashgan. Begunoh bolalar va ayollarni bunday tarzda bombalash mumkin emas. Isroil operatsiyasini hoziroq toʻxtatishga chaqiramiz, — deyiladi vazirlik keltirgan xabarda.

Irlandiya qatorida Norvegiya tashqi ishlar vaziri ham xalqaro qonunga koʻra, Isroil Rafahdagi bombardimonini toʻxtatishga majburligini eslatdi. Ispaniya tashqi ishlar vazirligi esa agar Isroil Xalqaro sud qarorini buzishda davom etsa, boshqa chora koʻrishini maʼlum qilgan Bryusseldagi Irlandiya va norvegiyalik hamkasblari bilan qoʻshma matbuot anjumanida.

Yahudiy askarlari 25-may kuni ham Jabaliya qochqinlar lageridagi maktabga havo zarbasini yoʻllashi oqibatida oʻnlab odam vafot etgan va ularning aksariyati bolalar edi. Hududdagi kasalxonalar zarur mahsulotlar bilan yetarlicha taʼminlanmagan. Jumladan, ular yoqilgʻi muammosiga duch kelmoqda. Al-Aqso kasalxonasi butun Gʻazodagi toʻliq ishlayotgan yagona shifoxona hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер