AQSH yetakchisi dunyoni boshqarish uchun buyuk kuchlar birligiga intilmoqda — “Foreign Affairs”

Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Tramp buyuk davlatlar oʻrtasidagi raqobat oʻrniga ular oʻrtasida birlikka intilmoqda. Bu fikrlarni “Foreign Affairs” jurnali yozmoqda.
“Trampning dunyo haqidagi tasavvuri buyuk kuchlar raqobati emas, balki buyuk davlatlar oʻrtasidagi kelishuvdir. Yaʼni bu XIX asrda Yevropani boshqargan tizimga oʻxshash “konsert” tizimidir. U birgalikda ishlaydigan kuchli odamlar tomonidan boshqariladigan dunyoni istaydi — har doim ham uygʻun emas, balki har doim maqsadga muvofiq”, — deb yozdi nashr.
Jurnalning qoʻshimcha qilishicha, Tramp birinchi navbatda Xitoy va Rossiya bilan birlikka erishmoqchi. Ularni chetlab oʻtishga urinish oʻrniga Tramp bu mamlakatlarni dunyo tartibini shakllantirishda birgalikda harakat qilishga ishontirmoqchi.
Xitoy, Rossiya va AQSH turli yoʻllar bilan ustunlikka erishishga harakat qilishi mumkin, biroq ular jahon tartibining yagona tizimi doirasida birga yashashini va unda hukmronlik qilishini tushunadi, deya xulosa qiladi nashr.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring