Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi

12:40 30 Noyabr 2024 Dunyo
243 0

Isroil kuchlari Gʻazodagi hududlarni bombardimon qilishni kuchaytirgani va tanklar anklavning shimoli hamda janubiga chuqurroq kirib borishi oqibatida kamida 42 kishi halok boʻldi.

“Reuters” axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.

Keyinroq Isroilning sharqiy Xon Yunusdagi koʻchirilgan oilalar yashaydigan chodir lageri yaqiniga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida besh nafar odam vafot etgan.

Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil harbiy samolyotlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirib, koʻp qavatli binoni vayron qilgan va masjidlar tashqarisidagi yoʻllarga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar natijasida kamida 11 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, tanklar oldinga siljiyotgani sababli tez yordam mashinalari yetib bora olmayotgan oilalar uylaridan chiqa olmayotgani aytilmoqda.

Isroil qamal ostidagi hududni bombardimon qilishni kuchaytirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazo sektorida oziq-ovqat va toza ichimlik suviga ega boʻlmagan ikki milliondan ortiq odam qamalib qolgani haqida ogohlantirdi.

Shunga qaramasdan payshanba kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish shartlari sezilarli darajada yaxshilanganini aytdi. 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 44330 nafar falastinlik halok boʻlib, 105 mingga yaqin kishi yaralangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер