Ispaniyada suv toshqini qurbonlari soni 207 nafarga yetdi
Ispaniyada kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 207 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Fernando Grande-Marlaska maʼlum qildi.
“Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 207 kishi”, dedi u. Vazirning soʻzlariga koʻra, ekspertlarning bahosini inobatga olgan holda, jabrlanganlar soni oʻsishda davom etishi mumkin.
Ispaniya hukumati jabrlanganlarga yordam berish uchun ikki ming askar yubordi.
Avvalroq, rasmiylar yogʻingarchilik va suv toshqinlari qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam eʼlon qilgan edi. Tabiiy ofat Valensiya viloyatining yoʻl infratuzilmasiga katta zarar yetkazdi. Natijada 60 dan ortiq yoʻl yopildi. Viloyatda elektr taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring