Ispaniyada onlayn imtihonlar shaffofligini taʼminlovchi dastur yaratildi
Pandemiya sababli taʼlim tizimida qator oʻzgarishlar amalga oshirildi. Karantin va masofadan oʻqitish imtihonlarni ham onlayn tarzda tashkil etilishiga olib keldi. Oʻqituvchining yoʻqligi fanlarni yaxshi oʻzlashtirmagan talabalar va maktab oʻquvchilari uchun hiyla-nayrang hamda boshqa qingʻirliklar uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi. Ammo endi bu holat hech boʻlmaganda Madridda cheklandi. Bu haqda “El Mundo” xabar bermoqda.
Xabarda keltirilishicha, Ispaniyada imtihon yoki oddiy test sinovlari paytida talabalar va maktab oʻquvchilarining harakatlarini kuzatib boradigan maxsus dastur ishlab chiqildi. Maxsus platformada oʻqituvchi oʻz oʻquvchilari javob berishi kerak boʻlgan savollar kiritiladi. Shundan soʻng tizim talabalar imtihon topshirishdan oldin kiritishi kerak boʻlgan kodni ishlab chiqadi.
Shuningdek, dastur sinov paytida talabaning qilayotgan barcha ishlarini, kompyuterda qanday tezlikda yozganini, qancha tugmani bosganini, kompyuter sichqonchasi harakatini kuzatib boradi. Agar gʻayritabiiy holat aniqlansa, talabaning nima qilayotganini tekshirish uchun dastur tomonidan kamera ishga tushiriladi.
Madrid Taʼlim vazirligi dastur ustidan allaqachon sinov oʻtkazgan va natijadan mamnun. Maʼlum boʻlishicha, ushbu dastur uchun deyarli 825 ming yevro ajratilgan.
“Pandemiya texnologik rivojlanishni tezlashtirdi. Biz ushbu vosita kelajakda foydali boʻlishini xohlaymiz”, dedi Madrid Taʼlim vazirligi innovatsiyalar va oʻquv dasturlari boʻlimi vakili David Cyerver.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring