Ispaniya va Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

09:51 19 Fevral 2025 Siyosat
431 0

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

Kecha, 18-fevral kuni TIVda Kanadaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Kristofer Duggan Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

“Hozirda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari faol tashqi siyosat olib bormoqda. Mintaqamizning global roli ham kengayib bormoqda. Biz Oʻzbekiston va Kanada aloqalarida hali roʻyobga chiqmagan katta salohiyat koʻrmoqdamiz”, deb yozadi TIV rahbari.

Saidov soʻzi davomida Kanada elchisiga faoliyati davomida ikki mamlakat oʻrtasida mavjud koʻpriklarni mustahkamlash va yangilarini barpo etishda muvaffaqiyatlar tilagan.

Tashqi ishlar vaziri shu kunning oʻzida Ispaniyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Rikardo Martines Vaskesning ham ishonch yorliqlari qabul qilib olinganini maʼlum qildi.

Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram

“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi yuqoriga qarab ketayotgani yaqqol namoyon boʻlmoqda. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari birgalikda hayotga tatbiq etishi lozim boʻlgan ulkan imkoniyatlarni alohida eʼtirof etdik. Janob elchiga ikki davlat hamkorligining yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishda va samarali faoliyat olib borishida omad tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер