Islom sivilizatsiyasi markazida Temuriylar davri merosi namoyish etiladi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Ikkinchi Renessans” ekspozitsiyasida Temuriy shahzodalarning ilm-fan, madaniyat va san’atga qo‘shgan hissasi keng yoritiladi. Ekspozitsiyaning muhim jihatlaridan biri Amir Temur va uning avlodlari homiyligida yaratilgan noyob qo‘lyozma asarlarni taqdim etishdan iborat.
Jumladan, Temuriy shahzoda Pirmuhammad tashabbusi bilan 1397-1398-yillarda ko‘chirilgan ikki jildli qo‘lyozma katta tarixiy ahamiyatga ega. Uning birinchi qismi – mashhur shoir Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asari bo‘lib, bugungi kunda Dublin shahridagi Chester Bitti kutubxonasida saqlanmoqda. Qo‘lyozmaning ikkinchi jildida XI-XV asrlarga oid “Garshaspnoma”, “Shohanshohnoma”, “Bahmannoma” va “Qushnoma” dostonlari joy olgan bo‘lib, ushbu nodir asar Britaniya kutubxonasidan o‘rin olgan.
Islom sivilizatsiyasi markazi mazkur noyob merosni o‘rganish va keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida ushbu qo‘lyozmalarning faksimile nusxasini tayyorlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ularning elektron versiyalari ham yaratilgan holda markaz kutubxona fondiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring