Ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

11:41 14 Iyul 2023 Jamiyat
733 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Koson tuman pedagogika kolleji sobiq bosh hisobchisi Z.S. fuqaro N.R.ga pedagogik kollejini tugatganligi haqida diplom olib berishi va uning singlisi R.X.ni bankka ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chimboy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A., A.D. va Qoraqalpogʻiston Respublikasi perinatal markazi buxgalteriya kassiri G.D. fuqaro G.U.ni Nukus shahri perinatal markaziga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 15 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Tomdi tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan Gʻ.O. fuqaro J.B.ni 1 100 AQSH dollari evaziga Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli Zafarobod boshqarmasiga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, shundan 500 AQSH dollari olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?