Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlar kengaytiriladi

17:41 04 Aprel 2023 Hujjatlar
1174 0

Foto: Arxiv surat

“Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–108-son, 04.04.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar tashkil qilindi:

— Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti;

— Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.

Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida quyidagilar tashkil etildi:

— Institut tarkibida hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni taʼminlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni oʻrganish va amaliy takliflar tayyorlashga yoʻnaltirilgan yuridik shaxs boʻlmagan “Yer islohotlari markazi”;

— Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs boʻlmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?