Iqlim oʻzgarishi mavsumiy allergiyani uzaytirmoqda
Illyustrativ foto
Mavsumiy allergiya tobora oldindan aytib boʻlmaydigan boʻlib bormoqda. Koʻpchilikning taʼkidlashicha, uning simptomlari erta boshlanadi, kuchayadi va avvalgidan koʻra uzoqroq vaqt davom etadi.
Jorj Vashington universiteti ilmiy xodimi Alisha R. Pershad rahbarligida oʻtkazilgan yangi tadqiqot buni iqlim oʻzgarishi bilan bogʻlaydi.
Olimlar 2000-yildan 2023-yilgacha boʻlgan maʼlumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi: oʻrtacha yillik haroratning ortishi oʻsimliklarning changlanish davomiyligiga taʼsir qiladi. Koʻrib chiqilgan 30 ta ilmiy ishdan 16 tasida haroratning koʻtarilishi va gullash mavsumining uzayishi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik qayd etilgan.
Eng keng tarqalgan allergik holatlardan biri allergik rinit boʻlib qolmoqda. U koʻzda qichishish, burun bitishi, aksirishni keltirib chiqarib, insonning oʻzini umumiy his etishiga taʼsir qilib, hayot sifatini pasaytiradi. Mavsumiy allergiyasi bor odamlar koʻpincha charchoq, parishonxotirlik va diqqatni jamlashning pasayishiga duch kelishadi.
Ayniqsa, aholining kam taʼminlangan qatlamlari mavsumiy allergiyaning salbiy asoratlari qarshisida zaif boʻladi — ularning koʻpincha tibbiy yordam va samarali dori-darmonlardan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu davolanishga adolatli imkon berilishi va allergiyaning iqlim oʻzgarishi bilan aloqadorligi haqida shifokorlarning xabardorligini yanada oshirish zarurligini koʻrsatadi.
Ekspertlar allergiyasi bor odamlarga gullarning changlanish mavsumi boʻyicha prognozlarni oldindan kuzatib borishni va profilaktika choralarini koʻrishni, bunga qoʻshimcha ravishda allergiyaga qarshi dorilarni yonida olib yurishni va gul changi tashlanmalari eng koʻp uchraydigan davrda koʻchada boʻlishni cheklashni tavsiya etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring