“Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi yana bir kinofestivalda gʻolib boʻldi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi Qozogʻistonning Almata shahrida boʻlib oʻtgan “Bastau IFF” xalqaro talabalar va debyutantlar kinofestivalida “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.
Mazkur kinofestivalda Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlaridan yosh kinoijodkorlar, talabalar va debyutant rejissyorlarning kinofilmlari saralanib, eng munosiblari mukofotlanadi.
Filmning ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Xushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.
Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining bosh sovrini “Gran-Pri” hamda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida, AQSHning AWFF-2021 (“Asian World Film Festival”) xalqaro kinofestivalida “Osiyoning eng yaxshi qisqa metrajli filmi” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring