“Ipak yoʻlida” filmi yana bir xalqaro festivalda gʻolib boʻldi

22:41 31 Iyul 2023 Madaniyat
760 0

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi joriy yilning 1-21-iyul kunlari Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan Patriki xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi rejissyor ishi” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi.

Mazkur kinokartina “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida suratga olingan. Kinofestivalning bosh sovrini “Gran-Pri” hamda “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Ssenariy muallifi Shohjahon Subhonov, postanovkachi rejissyor Sherzod Nazarov, postanovkachi operator, Diyor Ismatov, rassom Erkin Hushmatov, badiiy rahbar Ali Hamroyev.

Eslatib oʻtamiz, “Ipak yoʻlida” qisqa metrajli filmi bundan tashqari yana bir nechta xalqaro kino festivallarda ishtirok etib, munosib taqdirlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?