“Ipak yoʻli” Xalqaro Turizm universitetining ilk magistrlariga diplomlar topshirildi 

22:30 19 Iyul 2021 Jamiyat
1727 0

Foto: uzbekistan.travel

Samarqand shahrida “Ipak yoʻli” Xalqaro Turizm universitetining birinchi bitiruvchi-magistrlariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. 

Mazkur universitet 2018-yilda Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, u Oʻzbekistondagi turizm sohasiga ixtisoslashgan birinchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitetda oʻqish xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha ingliz tilida olib boriladi. Toʻliq vaqtda taʼlim olish bilan bir qatorda, universitet abituriyentlarga sirtqi va kechki boʻlimlarda oʻqishni taklif qilishi mumkin. 

Ikki yil davomida turizm sohasidagi 3 ta taʼlim yoʻnalishida taʼlim olgan 21 nafar bitiruvchilar turizm yoʻnalishi boʻyicha magistrlik diplomlariga ega boʻlishdi. Bitiruvchilarga diplomlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizm va sport vaziri, “Ipak yoʻli” Xalqaro Turizm universiteti rektori Aziz Abduhakimov topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер