Interpol qidiruvida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi AQSHda qoʻlga olindi
Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi qidiruvida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi AQSHda qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Interpol MMB va AQSHdagi vakolatli organlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik natijasida jinoyat sodir etganlikda gumonlangan fuqaro ushlangan hamda yurtimizga qaytarilgan.
Ushbu shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan — koʻp miqdorda oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan.
Interpol MMB tomonidan AQSH huquqni muhofaza qiluvchi organlari va AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan axborot almashinuvi va muzokaralar natijasida uning deportatsiya qilinishiga erishildi.
Qidiruvdagi shaxs 2025-yil 13-iyul kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga olib kelindi va Interpol MMB xodimlariga topshirildi. Hozirda qonunchilikka muvofiq javobgarlik masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Avvalroq Litva davlatidan Interpol qidiruvida boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring