Internetga qiziqish oʻsmirlarni sogʻligʻi va baxtidan mahrum qiladi
Illyustrativ foto
Internetga qiziqish oʻsmirlarning uyqusi va baxtdan mahrum qiladi, deb xabar qildi The Lancet tibbiyot jurnali.
London universitet kollejining bolalar sogʻligʻi instituti va London Imperial kolleji tibbiy instituti olimlari kuniga uch martadan koʻp ijtimoiy tarmoqlarga kiradigan bolalarda oʻzini baxtsiz his qilish, bezovta boʻlish, hayotdan nolib yashash holatlari aniqlandi. Bu oʻsmirlar yomon uxlaydi va jismoniy sogʻligʻi zaiflashadi.
Gap ijtimoiy tarmoqda emas, oʻsmirlar internetdan juda erta faol foydalanishni boshlaydi.
Mutaxassislar uch yil davomida 13 dan 16 yoshgacha boʻlgan 13 ming nafar oʻsmirning hayot tarzi, internetdagi faoliklari va sogʻligʻi ahvoli haqida maʼlumotlarni toʻplashni kuzatishgan.
Shu vaqt davomida voyaga yetmagan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan koʻproq foydalanishni boshlashgan.
Agar 2013-yilda ularning yarmidan kami kuniga bir necha marta internetga kirgan boʻlsa, 2015-yilga kelib ularning deyarli 70 foizi faol foydalanuvchiga aylangan.
Oʻgʻil bolalar orasida faol foydalanuvchilarning soni 43 foizdan 69 foizga ortgan. Qizlar soni esa 51 foizdan 75 foizgacha oshgan. Ular eng koʻp Facebook, Instagram, Twitter, Snapchat, WhatsApp, boshqa tarmoqlar va messendjerlarga kirishgan.
“Farzandlarning ijtimoiy muhitidan onlayn ham, real hayotidan ham xabardor boʻlish zarur. Ularga smartfonda doimiy ravishda oʻtirmaslikni eqtirishdan koʻra, ularni yotishdan oldin qurilmalarni yotoqxonaga olib kirmaslikka ishontirish kerak. Shunda ular yaxshiroq uxlashadi”, - deyilgan maqolada.
Mutaxassislar yoshlarga real hayotda doʻstlar bilan aloqani yoʻqotmasliklari va oʻz uyqusini kuzatib borishni maslahat berishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring