2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda internet narxi pasaytiriladi
2018 yil oxirigacha O‘zbekistonda internet-kanal narxlarini pasaytirish va mavjud sig‘imlarni operativ oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbektelekom” AK bosh direktori Farhod Ro‘ziyev GroundZero coworking markazida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish vaqtida gapirib o‘tdi.
Kompaniya matbuot xizmati bergan xabarda aytilishicha, bundan tashqari kanallarni ijaraga berish tariflarini pasaytirish bo‘yicha narxlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, kelgusida operatorlar va provayderlar uchun keng polosali ulanishni rivojlantirish bo‘yicha franchayzing sheriklik modeli taklif etiladi.
Farhod Ro‘ziyevning aytishicha, tariflar qayta ko‘rib chiqiladi va “O‘zbektelekom” AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqiladi. Keng polosali internet-portlarni ijaraga berish siyosati ham to‘liq qayta ko‘riladi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zbektelekom” AK B2O segmenti strategiyasini muhokama qilish maqsadida kompaniyaning top-menejerlari va mamlakatning telekommunikatsiya xizmatlari provayderlari “Hamkorlikning yangi formati” mavzusidagi norasmiy uchrashuvda ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar asosan hamkorlikda shaffoflik va tezkorlikni yo‘lga qo‘yish, yagona texnik qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, Internet-kanallar va IP-transport narxlarini optimallashtirish masalalari bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring