International SOS: “Oʻzbekiston — dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri”
Foto: Arxiv surat
Dunyodagi yetakchi sogʻliqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari kompaniyasi hisoblangan International SOS mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada mamlakatimiz AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir roʻyxatda joylashgan.
“Zoʻravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi. Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar toʻxtatilishi mumkin”, deya taʼrif beriladi xavfsizlik yuqori boʻlgan mamlakatlarga.
Eng xavfli davlatlar sifatida esa Afgʻoniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring