Inson va tabiat uyg‘unlashgan Xitoyning so‘lim manzili (fotoreportaj)

16:24 05 Oktyabr 2023 Dunyo
1914 0

Hanjou shahrining g‘arbiy qismida joylashgan "Xixi park" tabiat bog‘ida inson va tabiatning uyg‘unligiga guvoh bo‘lasiz. Xitoy kuni milliy bayrami munosabati bilan shahar aholisi va mehmonlar ko‘l va daryolar, o‘rmonlardan iborat boqqa borib istirohat qilishi an’anaga aylangan.

Bu yerda qadim Xitoy an’analarini, milliy urf-odatlarini namoyish etuvchi sahnalashtirilgan tomoshalar uyushtiriladi. Chin tarixidan so‘zlovchi muzey, milliy shirinliklar va ziravorlar rastalari, qadim uslubdagi qayiqlarda sayohat mehmonlarga olam-olam taassurot bag‘ishlaydi.

Ayni vaqtda shahar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Turnirni yoritishda ishtirok etayotgan "Xalq so‘zi" muxbiri ushbu tadbirdan fotoreportaj tayyorladi.

 

 

 

 

Фото: Ҳасан Пайдоев, «Халқ сўзи»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер