“Inson huquqlari hamma narsadan ustun“ — FIFA
FIFA Eron va Misr terma jamoalarining bir jinslilikni targʻib etuvchi reklamalarni cheklash boʻyicha iltimosini rad etdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, Misr Futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionatiga tashlangan qurʼadan soʻng, Eron terma jamoasi bilan bir guruhdan joy egallagach, ushbu mamlakat terma jamoasiga qarshi oʻyinda bir jinslilikni targʻib etuvchi reklama bannerlaridan foydalanmaslikni soʻrab FIFAga murojaat qilgan. Keyinchalik, bu fikrni Eron Futbol federatsiyasi ham qoʻllab-quvvatlagan.
“Ushbu holat bizning qadriyatlarga zid. Shuningdek, Eronda ham, Misrda ham bir jinslilik qonuniy tarzda taʼqiqlangan. Hattoki, Eronda bu uchun oʻlim jazosi belgilangan“, deyilgan Misr futbol assotsiatsiyasi FIFAga yuborgan maktubda.
Ammo FIFA bu iltimosni rad etgan. Tashkilot tomonidan ushbu murojaatga “inson huquqlari barcha narsadan ustun“ deya javob berilgan.
Maʼlumot uchun, Jahon chempionatining guruh bosqichidan oʻrin olgan Eron va Misr oʻyini 2026-yilning 27-iyun sanasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring