Inson hayotini bir necha yilga uzaytirishning oddiy usuli maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Sogʻlom parhezga rioya qilish umringizni yana bir necha yilga uzaytirishi mumkin. Bu xulosaga Xitoyning Xuachjun fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari Buyuk Britaniya Biobankidagi 100 000 dan ortiq ishtirokchilarning maʼlumotlarini tahlil qilganidan soʻng kelishdi.
Olimlar ishtirokchilarning parhezlari beshta tan olingan “sogʻlom” parhez — Oʻrta yer dengizi, DASH (qon bosimini nazorat qilish uchun), oʻsimliklar asosidagi, diabet xavfini kamaytirish uchun parhezlar va Muqobil sogʻlom ovqatlanish indeksiga qanchalik yaqinligini baholadilar. Olimlar oʻn yildan ortiq vaqt davom etgan tadqiqotda ovqatlanish odatlari, uzoq umr koʻrish bilan bogʻliq genetik xususiyatlar va oʻlim koʻrsatkichlarini taqqosladilar.
Hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, ushbu parhezlardan biriga oʻtish 45 yoshli odamlar uchun eng sogʻlom boʻlmagan parhezga nisbatan umr koʻrish davomiyligini 2-4-yilga oshirishi mumkin. Eng katta oʻsish Muqobil sogʻlom ovqatlanish indeksi bilan bogʻliq boʻlib, u orqali erkaklar 4,3, ayollar esa 3,2-yilgacha umrlarini uzaytirish mumkin ekan. Oʻrta yer dengizi parhezi va diabetning oldini olishga qaratilgan parhez ham sezilarli ijobiy natijaga ega boʻlgan.
Tadqiqotda butun donli mahsulotlar, sabzavotlar va mevalar uzoq umr koʻrish bilan eng izchil bogʻliqlikni koʻrsatdi. Mualliflar sogʻlom ovqatlanishning foydalari uzoq umr koʻrishga genetik moyillikdan qatʼi nazar saqlanib qolganligini taʼkidladilar, bu esa parhezning oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xavf omili sifatidagi muhim rolini tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring