“Inqilobchi” genetik muhandis olimlar Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Ular nimani qoyillatgan edilar?
Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti olimlar Viktor Embros va Geri Ruvkunga topshirildi. Ular genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etish orqali mukofotga sazovor boʻldi. Bu haqda “Guardian” nashri xabar berdi.
Mukofot Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi Karolinska institutida joylashgan Nobel assambleyasi tomonidan topshirildi. Shu tariqa, Viktor Embros va Geri Ruvkun 11 million shved kroni, yaʼni 1 million 60 ming AQSH dollariga yaqin mukofotni boʻlishishadi. Ushbu kashfiyot genlarni tartibga solish va uning salomatlik hamda kasalliklardagi ahamiyatini oʻrganishda yangi inqilobiy davrni boshlab berishi kutilmoqda.
Bu yilgi mukofot Nobel mukofotlari 1901-yilda boshlanganidan beri fiziologiya yoki tibbiyot sohasida topshirilayotgan 115-sovrindir. Mukofot olgan 229 kishining atigi 13 nafarini ayollar tashkil etadi. Mukofot butun dunyo boʻylab tadqiqotchilar tomonidan tibbiyot faniga qoʻshayotgan doimiy hissalarini ragʻbatlantirish uchun beriladi.

Navbatdagi Nobel mukofotlari, xususan, ertaga fizika, chorshanba kuni esa kimyo boʻyicha eʼlon qilinadi.
Viktor Embros va Gari Ruvkun ikkalasi ham genetikaga ulkan hissa qoʻshgan taniqli molekulyar biologlardir. Massachusets universiteti tibbiyot fakulteti professori Embros 1990-yillarning boshida mikroRNKni birgalikda kashf etgan. Bu orqali u genlarni tartibga solish tushunchasida inqilob qilgandi.
Garvard tibbiyot maktabi professori Geri Ruvkun yuqoridagi topilmalarni mustaqil ravishda tekshirib, tasdiqlagan va mikroRNKning gen ekspressiyasini boshqarishdagi rolini yanada koʻproq ochib berish orqali olimlar nazariga tushgan edi. Qayd etish kerakki, ikki olim ham oʻz sohalarida inqilobiy yangiliklarni eʻlon qilishi bilan tanilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring