Innovatsion rivojlanish agentligiga 2024-yilda 635 ta murojaat kelib tushgan

15:31 18 Mart 2025 Jamiyat
88 0

2024-yil davomida Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslardan jami 635 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 201 tasi Prezident virtual qabulxonasi orqali, 434 tasi esa toʻgʻridan-toʻgʻri yoki boshqa idora va tashkilotlar orqali yuborilgan.

Murojaatlarning 408 tasi jismoniy shaxslar, 26 tasi yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan. Shuningdek, 26 ta yozma, 234 ta ogʻzaki va 174 ta elektron murojaat qabul qilingan.

Hududlar kesimida tahlil etilganda, 221 ta murojaat Toshkent shahridan, 414 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan yuborilgani aniqlandi.

Agentlik kelib tushgan murojaatlarning 502 tasini (80,1%) qanoatlantirgan, 112 tasi boʻyicha tushuntirish berilgan, 15 tasi taalluqliligi boʻyicha boshqa idora va tashkilotlarga yuborilgan, 6 ta murojaat esa qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqish tugatilgan.

Murojaatlar mazmunan tahlil qilinganda:

233 ta murojaat oliy taʼlimdan keyingi taʼlim jarayonlariga oid,

136 ta murojaat davlat ilmiy dasturlari doirasidagi tanlovlarga taalluqli,

73 ta murojaat startap tanlovlari boʻyicha boʻlgan.

Qolgan murojaatlar loyiha topshirish, ixtiro va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish kabi masalalarga oid.

Agentlikning Ishonch telefoniga 2500 dan ortiq murojaat kelib tushgan boʻlib, 15 tasi nazoratga olingan, 2485 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, agentlikning rasmiy veb-sayti orqali 299 nafar fuqaroga onlayn konsultatsiya xizmati koʻrsatilgan.

2024-yilda agentlik rahbariyati tomonidan Buxoro, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 ta sayyor qabul oʻtkazilgan. Ularda 54 ta murojaat kelib tushib, 44 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasi boʻyicha tushuntirishlar berilgan.

Agentlik fuqarolarning murojaatlariga tezkor javob berish, ularni qonuniy tarzda hal etish va ilmiy hamjamiyat vakillari bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish borasida ishlarni davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер