Indoneziyaning mashhur telekanali ijodkorlari Oʻzbekiston haqida koʻrsatuvlar tayyorlamoqda
Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizning Jakarta shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda Indoneziya davlatida Oʻzbekistonning madaniy va turizm salohiyatini keng targʻib etish hamda ushbu davlatdan turistlar oqimini oshirish maqsadida Indoneziyaning yetakchi “SCTV” telekanali ijodkorlarining Oʻzbekistonga sayohati tashkil etilmoqda.
Indoneziyaning yirik media tarmogʻi hisoblangan Surya Citra Televisi” (SCTV) 1990-yilda tashkil etilgan boʻlib, mamlakatning 240 ta shaharlarida efirga uzatiladi. Bugungi kunda uni kuzatuvchilar auditoriyasi 160 millionga yetadi. Bundan tashqari, Indoneziyaning “Indosiar”, “Moji”, “Ajwa”, “Mentari” telekanallariga ham ushbu teletarmoq ham egalik qiladi.
“SCTV” telekanali ijodkorlari – Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida ziyorat turizmi salohiyati haqida maxsus telekoʻrsatuvlar tayyorlash ustida ish olib bormoqda. Ushbu mediamateriallardan Janubi-sharqiy Osiyoda yashovchi musulmon aholi uchun mamlakatimizni ommaviy sayyohlik yoʻnalishi sifatida eʼtiborini jalb etishda foydalanish maqsad qilingan.
“Surya Citra Televisi” telekanalini ijtimoiy tarmoqlarda Facebook, Instagram va YouTube platformasida jami 30 millionga yaqin obunachilar kuzatib boradi.
Tashrif davomida indoneziyalik muxbirlar tomonidan “SCTV” telekanali uchun mamlakatning madaniy jozibadorligi va turizm salohiyati bilan indonez fuqarolarini yaqindan tanishtirish hamda ushbu davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini oshirishda xizmat qiluvchi beshta 15 daqiqalik maxsus koʻrsatuv tayyorlash reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring