Import qilinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun bojxona yig‘imi bekor qilindi
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi. Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra:
2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;
2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
2023-yil 1-oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;
2024-yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;
2023-yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring