“Ilovani oʻrnating va oson kredit oling”: Markaziy bank Telegram orqali tarqalayotgan firibgarlikdan ogohlantirdi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlar tomonidan fuqarolarning ishonchiga kirish uchun Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan soxta profillardan qalbaki guvohnoma rasmlari hamda hujjatlarni yuborish holatlari uchrab turibdi. Mazkur holat yuzasidan Markaziy Bank munosabat bildirib, fuqarolarni hushyorlikka chaqirdi.
Unda aytilishicha, firibgarlar fuqarolarga oʻzini xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, telefon qurilmasiga turli xil bank ilovalarini oʻrnatish orqali onlayn kredit olishi mumkinligiga ishontiradi.
Firibgarlarning bu gaplariga ishongan fuqarolar telefon qurilmasiga zararli mobil ilovalarni oʻrnatishadi. Natijada bank kartasida boʻlgan va ajratilgan kredit mablagʻlari firibgarlar tomonidan oʻzlashtirib olinadi.
Markaziy Bank yuqoridagi holatlarni inobatga olib, firibgarlar tomonidan fuqarolarga notanish profillardan “kreditni bekor qilish”, “xavfsiz hisobga pul koʻchirish” mazmunidagi xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslik, ushbu foydalanuvchini bloklab qoʻyish hamda smartfonga zararli ilovalarni oʻrnatmaslik tavsiya etilgan.
“Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmasligini hamda moliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanmasligini yodda tuting”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring