Ilon Maskning chat-botiga yangi funksiya qoʻshildi
“Grok” chat-botida «Voice with Vision» funksiyasi ishga tushirildi. U tasvirni ovoz orqali izohlashga yordam beradi.
Yangi imkoniyat hozirda iOS tizimi foydalanuvchilari uchun boʻlib, qurilma kamerasi orqali koʻrinayotgan narsalarni botga koʻrsatish va “Grok” tomonidan ovozli sharh olish imkonini beradi. Vizual tahlil yordamida kompaniya sunʼiy intellekt sohasidagi raqobatchilar bilan tenglasha oladigan ilgʻor xizmatlarni taklif etishni rejalashtirgan.
Yangi koʻrish funksiyasi “Grok”ning mavjud ovozli rejimi bilan uygʻunlikda ishlaydi. Botda «jasur», «romantik», «daho» kabi turli ovoz uslublari mavjud boʻlib, bu foydalanuvchilarga interaktiv suhbat imkonini taʼminlaydi.
Ilon Mask botni eng tez rivojlanayotgan sunʼiy intellekt tizimi ekanini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring