Ilon Mask “OpenAI”ni salkam 100 mlrd dollarga sotib olmoqchi

16:26 11 Fevral 2025 Dunyo
388 0

Ilon Mask sunʼiy intellekt sohasida yetakchi kompaniyalardan biri boʻlgan “OpenAI”ni 97.4 milliard AQSH dollariga sotib olishni taklif etdi. Bu haqda “CNN” axborot agentligi xabar qildi.

Mask uzoq vaqtlardan beri kompaniya bosh direktori Sam Altman bilan tortishib kelmoqda. U “OpenAI”ni xayriya tashkiloti sifatida koʻrsatilishi xato ekanligini taʼkidlab, Altmanga qarshi bir qator shikoyatlar bildirdi va kompaniya foyda olishni boshlaganini qoraladi.

Mask birinchi marta 2024-yil iyun oyida “OpenAI”ni sudga bergandi. Buning ortidan kompaniya Maskning bir necha elektron xatlarini ommaga ochiqladi. Ularda sunʼiy intellektni kuchaytirish uchun katta miqdorda pul ishlab olish zarurligi aytilgan. Bu “OpenAI” notoʻgʻri foyda koʻrayotgani haqidagi daʼvolarga umuman teskari gaplar edi.

Ilon Maskning xarid haqidagi taklifiga javoban Altman kompaniya sotilmasligi va istashsa, “X”ni 9,74 milliard dollarga sotib olishlari mumkinligini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер