Ikki yosh toifasidagi O‘zbekiston chempionati bilan yangi mavsum boshlanadi

15:51 05 Yanvar 2023 Sport
723 0

Kichik tanaffusdan so‘ng yana dzyudo mavsumi boshlanish arafasida.

12-19 yanvar kunlari poytaxtimizdagi "Universal" sport majmuasida yoshlar hamda o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Dastlab 12-15 yanvar kunlari 2003-2004 yillarda tavallud topgan yoshlar, keyin esa 16-19 yanvar kunlari oralig‘ida 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar mamlakat chempionligi uchun bahslarga kirishadilar.

Dekabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida O‘zbekiston chempionatiga saralash vazifasini o‘tab bergan musobaqalar o‘tkazildi va jamoalar shakllantirildi.

Mamlakat birinchiligida o‘z vazn toifasida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar o‘smirlar hamda yoshlar terma jamoalari safini to‘ldiradi. Tabiiyki, ular Osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?