Ikki viloyatda qariyb 2 ming quti sifatsiz tamaki savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.J. Bekobod shahri, 14-dahasidagi xonadonida umumiy bahosi 154,8 million soʻmlik aksiz markasiz 6 ming 700 quti tamaki va 236 quti elektron tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi aniqlangan hamda ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.X. va boshqalar fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 5 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 60 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring