Ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi
Foto: Milliy Gvardiya
Bahodir Jalolov va Hasanboy Doʻsmatovga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berildi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi boʻlgan har ikki bokschi “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlangan. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Milliy gvardiya qoʻmondoni general-mayor Rustam Joʻrayev “Parij-2024” Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Doʻsmatovga muddatidan oldin podpolkovnik harbiy unvonlarini topshirgan.

Qayd etilishicha, Milliy gvardiyaning “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni va esdalik qimmatbaho sovgʻasi bilan, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan Bahodir Jalolov hamda Milliy gvardiyaning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan Xasanboy Doʻsmatov taqdirlandi. Shuningdek, har ikki bokschining onalari Milliy gvardiya esdalik qoʻl soati bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev, Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Roʻzioxunov hamda boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi, Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi katta oʻqituvchisi podpolkovnik Elshod Rasulov “Milliy gvardiya fidoyi xodimi” koʻkrak nishoniga munosib koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring