Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyiladi
Foto: president.uz
Prezident huzurida Axborot texnologiyalari vazirligining faoliyati va 2022-yildagi rejalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda birinchi yarim yillikda 6 ta (Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston, Jizzax, Sirdaryo, Fargʻona, Namangan), yil yakunigacha yana 8 ta masofaviy xizmatlar markazini tashkil qilib, xorijdan buyurtmalar olishni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Jahon IT bozoriga chiqqan kamida 30 ta yirik kompaniyalarni mamlakatimizda faoliyatini yoʻlga qoʻyish muhimligi aytildi.
Eng ogʻir hududlar - Qoraqalpogʻiston, Andijon va Surxondaryoda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Ikki oy muddatda xorijlik mutaxassislarni jalb qilgan holda amaliy loyihalar orqali 1 ming nafar yoshlarning IT-parklarda malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berildi.
Yil boshidan xorijdan 3 mingga yaqin IT mutaxassislar kelgan boʻlib, ularning asosiy qismi shu yerda uzoq muddat qolib ishlashni reja qilganligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring