Ikki hududda psixotrop moddalar savdosi toʻxtatib qolindi

17:35 12 Fevral 2026 Jamiyat
78 0

Toshkent shahri va Navoiy viloyatida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unga koʻra, fuqaro D.Z. “Tabassum” koʻchasidagi xonadonida 350 dona “Zardeks” nomli xorijda ishlab chiqarilgan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Karmana tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unda, “M.” xususiy korxonasi dorixonasi sotuvchisi J.Z. fuqaro H.T.ga 250 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер